Davlat stipendiyalari sohiblari
2024-2025-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 6 nafar iqtidorli talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ushbu nufuzli stipendiyalar bilimli yoshlarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, taʼlimdagi ijtimoiy tenglikni taʼminlash orqali BRM 1 — “Qashshoqlikka barham berish” maqsadiga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi
- O‘tkurova Gulzoda – Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti, 4-kurs talabasi
Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohiblari
- Hamdamova Zuxra – Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti, 3-kurs talabasi
- Ibragimova Dilruzaxon – Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti, 4-kurs talabasi
- To‘xtavaliyeva Gulobar – Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti, 3-kurs talabasi
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi
- Jo‘raqulova Yoqutoy – Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti, 3-kurs talabasi
Bobur nomli davlat stipendiyasi sohibi
- G‘aniboyev Baxtiyorjon – Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti, 3-kurs talabasi
Mazkur stipendiyalar nafaqat iqtidorli yoshlarni rag‘batlantiradi, balki ular orqali bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, taʼlim orqali ijtimoiy adolatni ta’minlash va iqtisodiy inklyuziyani rag‘batlantirishga xizmat.
