Turkshunoslik yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash
2024-yil 11-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Turkiya Respublikasining Türk Dil Kurumu tashkiloti raisi professor Osman Mert hamda Anqara Hoji Bayram Vali universiteti professorlari Veli Savash Yelok va Zaynobiddin Abdurashidov tashrif buyurdi.
TDSHU rahbariyati va turkshunos olimlar o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama akademik hamkorlik masalalari, turkshunoslik sohasida amalga oshiriladigan qo‘shma ilmiy loyihalar, almashinuv dasturlari va istiqboldagi tashabbuslar muhokama qilindi.
Ushbu uchrashuv BMTning 17-barqaror rivojlanish maqsadi — “Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik” bilan uyg‘un bo‘lib, xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirish hamda barqaror taraqqiyot uchun ta’lim sohasida kuchli sherikliklarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
