Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Maqsadlarga erishish uchun hamkorlikni mustahkamlash

2024-yilning 29-may sanasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Malayziya Milliy universiteti Islom sivilizatsiyasi instituti direktori Fariza Sham rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.  Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Mazkur tashrif BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari 17 bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, global hamkorlikni mustahkamlash va ta’lim, tadqiqotlar va bilim almashish orqali barqaror rivojlanishga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ikki tomonlama ilmiy aloqalarni kuchaytirish va madaniy anglashuvni o‘stirish orqali tinchlik va hamjihatlikni targ‘ib qilishga hissa qo‘shadi. Muzokaralar natijasida kelajakdagi umumiy maqsadlar bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga qaror qilindi.

26.06.2025, 10:27 285