Yozgi maktab
Sifatli ta’lim maqsadlari doirasida TDShUning “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” hamda “Sharq mamlakatlari siyosati va xalqaro munosabatlar” kafedralari professor-o‘qituvchilari — i.f.n., dotsent Sh.J. Ermamatov, s.f.d., dotsent D.I. Madaminova, PhD, katta tayanch doktorant o‘qituvchi H.I. Mustapova, katta o‘qituvchi G.A. Sattikulova hamda tayanch doktorant Sh.Sh. Mardonov 2024-yil 6–8-iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasining Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universitetida bo‘lib o‘tgan “Yozgi maktab” tadbirlari doirasida xizmat safarida bo‘lishdi. Tashrif davomida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan turli mavzularda ma’ruzalar o‘qildi hamda davra suhbatlari tashkil etilib, mintaqaviy akademik hamkorlikni mustahkamlash va inklyuziv, sifatli ta’lim almashinuvini rivojlantirishga hissa qo‘shildi.
2024-yilning 8-iyun kuni ular “Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti”da tashkil etilgan International Model United Nations “New Silk Way”-2024: “The role of the youth in implementing the 17 SDGs” nomli xalqaro konferensiyada ishtirok etdilar.
