Barqaror va mas’uliyatli oziq-ovqat xaridlari
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU) talabalar oshxonasida barqaror va mas’uliyatli oziq-ovqat xaridlarini amalga oshirish chora tadbirlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu jarayonda mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik qilinadi. Ushbu yondashuv nafaqat mahalliy, yangi mahsulotlardan foydalanishni qo’llab-quvvatlaydi, balki iqtisodiyot rivojiga hamda oziq-ovqat tashish natijasida yuzaga keladigan ekologik ta’sirni kamaytirishga xizmat qiladi.
Universitet oshxonasi bir qator mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qiladi, jumladan: “UzRice Guliston Agro Group Cluster” MCHJ, Agro-Food Partner va Spice Expert (spiceexpert.uz). Shuningdek, boshqa oziq-ovqat mahsulotlari mahalliy supermarketlar — Korzinka, Havas, Baraka hamda an’anaviy bozorlar — Oloy va Chorsu orqali xarid qilinadi.
Mahalliy va barqaror manbalarga ustuvorlik berish orqali TDSHU barqaror iste’mol tamoyillarini, mahalliy biznesni qo‘llab-quvvatlashni va jamiyat farovonligini ta’minlashni maqsad qilgan bo‘lib, bu borada BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga katta hissa qo‘shmoqda.
