TDSHUda indonez tilini oʻqitish
2024-yil 20-may kuni Indoneziyaning eng yirik davlat telekanallaridan biri — RCTI telekanalida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida indonez tilini oʻqitilishi haqida maxsus reportaj namoyish etildi.
Reportajda universitetdagi Indoneziya markazi faoliyati hamda indonez tilining bir necha oʻquv yoʻnalishlarida asosiy xorijiy til sifatida oʻqitilishi haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, indonez tili UNESCO sessiyalarida rasmiy til sifatida tan olingani va uning xalqaro miqyosdagi ahamiyati alohida taʼkidlandi.
Bu kabi tashabbuslar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari 4 («Sifatli taʼlim»)ga muvofiq ravishda, talabalar uchun taʼlimdagi inklyuzivlikni taʼminlash, madaniy va tilshunoslik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali sifatli taʼlim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Reportaj davomida indoneziyalik mutaxassis Fandi Hasib hamda TDSHU talabalari indonez tilini o‘rganish va o‘zaro madaniy anglashuvni rivojlantirishdagi o‘z tajribalari va fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
