“Top 100 oliy oquv yurti” targ‘ibot yarmarkasi
2025-yilning 14-dekabr kuni Barqaror Rivojlanish maqsadlari – (BRM-8) doirasida Toshkent shahrida shahar hokimligi tomonidan “Toshkent yoshlarni sevadi” yoshlar oyligi doirasida maktab va litsey bitiruvchilari uchun Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari ishtirokida talabalikka qabul bo’yicha “TOP 100 oliy o‘quv yurti” targ‘ibot yarmarkasi o‘tkazildi. Mazkur ko‘rgazmada universitetimizdan vakil sifatida Sirojiddin Maxatov va Shahnoza Abdullayevalar ishtirok etdilar.
Vakillarimiz tomonidan yoshlarga universitetimiz faoliyati, ta‘lim yo‘nalishlari va o‘quv dasturlari bilan tanishish imkoniyatlari yaratildi hamda 100ga yaqin yoshlarning o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob berildi.
