Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi
2023-yil 5-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kim Hee Sang janoblari, Koreya elchisining Ta’lim masalalari bo‘yicha birinchi kotibi Kim Serah hamda elchining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha ikkinchi kotibi Baik Seonghee tashrif buyurdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Koreya munosabatlari, xususan, Koreya oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim, madaniyat va ijtimoiy-gumanitar sohalarda yaqindan hamkorlik qilish istiqbollari va hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, shu bilan birga, Koreya Tashqi ishlar vazirining TDSHUga tashrifi bo‘yicha tashkiliy masalalar atroflicha muhokama qilindi.