Ziyorat turizmi bo‘yicha gid-tarjimonlarni tayyorlash kurslari
2024-yil 28-may sanasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligidagi Ziyorat turizmi bo‘yicha Gid-tarjimonlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bir oylik o‘quv kursi o‘z ishini boshladi.
Mazkur o‘quv kursiga malakaviy amaliyot doirasida universitetning «Turizm» hamda «Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati» yo‘nalishlarida tahsil oluvchi 20 nafar talabalar qabul qilingan bo‘lib, kurs davomida tinglovchilarning mamlakatimizda islom sivilizatsiyasi rivojlanishi davrlari va ularning asosiy xususiyatlari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishlari maqsad qilindi.
Kurs so‘nggida tinglovchilar sertifikat bilan taqdirlandi hamda yuqori baholangan talabalar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida ish bilan ta’minlandi.
