TDSHU arab tili mutaxassislari Ar-Riyodda malaka oshirdilar
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU) va Saudiya Arabistonining «Arabic for all» («Al-Arabiyyatu li al-jamii») tashkiloti o’rtasida imzolangan memorandum doirasida 2024-yil iyul oyida universitetimizning arab tili mutaxassislari Ar-Riyod shahrida malaka oshirish kurslarida ishtirok etib, zamonaviy o’quv metodikalari va pedagogik yondoshuvlar bo’yicha yangi bilimlarga ega bo’lib qaytdilar.
Ar-Riyoddagi malaka oshirish kurslari davomida, o’qituvchilar nafaqat arab tilini o’rgatish metodologiyasini, balki madaniy va lingvistik o’zaro tushunishni rivojlantirishga qaratilgan ilg’or tajribalar bilan tanishdilar. Bu esa, ta’lim jarayonida nafaqat o’quvchilarga, balki pedagoglarga ham yangi yondoshuvlar va ilg’or tajribalarni tatbiq etish imkoniyatini berdi.
Mazkur malaka oshirish kurslari ta’limni teng imkoniyatlar yaratish, madaniyatlararo o’zaro tushunishni rivojlantirish va inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Shu orqali, universitetimizda ta’lim sifatini yaxshilash, o’qituvchilarning metodik ko’nikmalarini oshirish va o’quvchilarga sifatli va inklyuziv ta’lim berish uchun mustahkam poydevor yaratish maqsadida katta qadam tashlandi.
