TDSHU delegatsiyasi Yaponiyada
2024-yil iyul oyida Yaponiyada xizmat safarida bo‘lib qaytgan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yaponshunoslik fakulteti dekani Elyor Matchanov hamda dekan o‘rinbosari Ma’rufxodja Nadjimxodjayev dunyoning nufuzli universitetlaridan biri – Hiroshima universitetiga tashrif buyurdilar.
2024- yil 30- iyul kuni universitetimiz vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Hiroshima universiteti vitse-prezidenti professor Shinji Kaneko, Global bilimlar fakulteti professori Kumiko Sakoda, shuningdek, universitet faxriy professori, Balcom kompaniyasi asoschisi Tetsuro Yamasaka ishtirok etdilar.
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilinib, yapon tilini o‘qitish bo‘yicha fikr almashdilar. Xususan, bakalavriat va magistratura talabalar uchun qisqa va uzoq muddatli ta’lim dasturlari, ikki universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasida akademik almashinuv, hamkorlikda ilmiy loyihalar amalga oshirish kabi bo’yicha kelishib olindi. https://www.hiroshima-u.ac.jp/international/news/84706
