Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU va Hindiston oliy ta’limi o‘rtasidagi hamkorlik: CTPDCON ERA 2024

2024-yil 28–29-sentabr kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi boshlig‘i, dotsent Nilufar Xodjayeva Hindistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamkorligida O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish kengashi tomonidan tashkil etilgan “Educational Reforms and Advancements” mavzusidagi ikkinchi xalqaro CTPDCON ERA 2024 onlayn konferensiyasida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Mazkur xalqaro ilmiy platforma ta’limdagi innovatsiyalar, o‘qituvchilar malakasini oshirish va global tajriba almashinuvi imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qilishga qaratilgan bo‘lib, turli davlatlardan akademiklar va ta’lim mutaxassislarini birlashtirdi. Dotsent Nilufar Xodjayeva o‘z ma’ruzasida Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik doirasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ta’lim strategiyalari va madaniyatlararo o‘zaro tushunuvni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar haqida so‘z yuritdi.

Ushbu ishtirok xalqaro ta’lim aloqalarini mustahkamlash, bilim va tajriba almashinuvini rag‘batlantirish hamda barqaror rivojlanish sohasida global hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. Bunday tadbirlar millatlararo akademik integratsiyani kuchaytiradi va barqaror kelajak sari umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

02.07.2025, 16:12 268