Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU professori Qozog‘istonda onlayn ma’ruza o’qidi

2024-yil 24-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Arabshunoslik oliy maktabi professori, filologiya fanlari doktori Shorustam Shomusarov Qozog‘iston Respublikasining L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo Milliy universitetida “Markaziy Osiyo arablari (til va folklor)” mavzusida ilmiy ma’ruza o‘qidi.

Mazkur tashrif va ma’ruza xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, ilm-fan va madaniyat sohalarida mintaqaviy integratsiyani rivojlantirishga xizmat qilgan bo‘lib, BRM 17: Barqaror taraqqiyot uchun global hamkorlikni kuchaytirish maqsadlariga muvofiq amalga oshirildi.

Ma’ruza Qozog‘iston ilmiy jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish va ijobiy taassurot bilan kutib olindi, bu esa Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi akademik muloqotning yuksalib borayotganidan dalolat beradi.

01.08.2025, 14:53 284