TDShU professorlari XXR Minzu universitetida ma’ruzalar o‘qidilar
2024-yil 28-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDShU) Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti professori Shoira Usmanova hamda dotsent Shoxistaxon Shamsiyeva akademik almashinuv dasturi doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Minzu universitetining taklifiga binoan bir qator ma’ruzalar o‘qidilar.
Ma’ruzalar XXR Markaziy Millatlar universiteti Chet tillar instituti direktori Vu Zeqing, direktor o‘rinbosari Kebaituli Gulibanumu hamda universitet talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Ushbu tashrif va ma’ruzalar ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlash, til va madaniyat sohasida bilim almashinuvi va professional hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qildi. Bu esa Barqaror rivojlanish maqsadlari 17 yo‘nalishida xalqaro ta’lim integratsiyasiga amaliy hissa bo‘lib xizmat qildi.
