TDShU talabalari Hindistonda
Hindistonning Markaziy hindiy tili universitetida tahsil olib qaytgan TDShU talabalari 2024-yil 25-27-oktabr kunlari Hindistonning Haridvar shahridagi Dev Sanskriti universitetidagi 3 kunlik seminarlarda faol ishtirok etib, sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Hind madaniyati, falsafasi, yoga mashgʻulotlari boʻyicha bilim olish bilan birga, Dehradun shahrida bo’lib oʻtgan “Adabiyot, madaniyat va sanʼat” mavzusidagi xalqaro konferensiyada Lingvistika mutaxassisligi 2-kurs magistranti Nodira Saidnazarova maʼruza bilan, Gid hamrohlik va tarjimonlik faoliyati yo’nalishi 4-kurs talabasi Habibaxon Yusupova jamoaviy yoga mashgʻulotlari bilan ishtirok etdilar.
Ushbu tadbirlar xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlikni mustahkamlashga, turli mamlakatlar o‘rtasida bilim almashish va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga xizmat qildi. Bu esa global hamkorlikni kuchaytirish maqsadlariga bevosita mos keldi.