Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU talabalari Respublika fan olimpiadasida

2024-yil 26-27-sentabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) bo‘yicha fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 5 nafar talabalari ushbu olimpiadada munosib ishtirok etib, umumjamoa hisobida sharq tillari bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Yakuniy natijalar:

  • Karimova Nilufar — Xitoy tili bo‘yicha 1-o‘rin
  • Nasimova Moxirabonu — Yapon tili bo‘yicha 1-o‘rin
  • G‘ofurova Sabohat — Koreys tili bo‘yicha 1-o‘rin
  • G‘oziyeva Rayxona — Arab tili bo‘yicha 2-o‘rin

G‘oliblarga diplom va moddiy mukofotlar berildi, bu esa talabalarni iqtisodiy barqarorlikka erishish va ijtimoiy teng imkoniyatlar yaratishga o‘z hissasini qo‘shadi.

02.07.2025, 11:27 413