Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDShU talabalari xalqaro musobaqada: BRM 4 va BRM 17 sari

TDShU Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo‘nalishi bitiruvchi kurs indonez–ingliz guruhi talabasi Valiyeva Madina Indoneziya Respublikasi Ta’lim, madaniyat, tadqiqot va texnologiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan Festival Handai Indonesia (FHI2024) xalqaro musobaqalar festivalining “Pantun” yo‘nalishida g‘olib deb topildi.https://www.youtube.com/watch?v=NNmAHahzRtE

“Pantun” – bu 2 yoki 4 misradan iborat poetik janr bo‘lib, bu yilgi tanlovga “Tabiatning boyligi va uni asrash” mavzusi asos qilib olingan.

Bundan tashqari, xalqaro jurnalistika yo’nalishi 1- kurs indonez-ingliz guruhi talabasi Abdulhoshimov Biloliddin festivalining «Membawakan Reportase (reportaj olib borish)» yo’nalishida g’olib deb topildi. Ma’lumot uchun, reportaj Toshkent viloyati, Parkent tumani, Ziyolilar mahallasi hududida olingan.  https://www.youtube.com/watch?v=XTWLSmmnMDI

Ushbu yutuqlar talabalarga 2024-yilning avgust oyida Balida bo‘lib o‘tadigan final bosqichida ishtirok etish imkoniyatini yaratdi.

Talabalarning bu yutug‘lari nafaqat TDShU talabalari salohiyatini, balki sifatli ta’lim orqali xalqaro madaniy muloqotni kengaytirish, yosh avlodni ekologik ong bilan tarbiyalash va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish yo‘lida muhim qadamlardan biridir.

26.06.2025, 11:03 294