Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU talabalari Senatda

2024-yil 26-sentabr kuni Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari Oliy Majlis Senatiga tashrif buyurdi. https://senat.uz/events/post-2722

Uchrashuvda Yoshlar parlamenti raisi Bexzod To‘xtamurodov talabalarga Senat faoliyati, qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar hamda parlament nazoratining jamiyatdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, yoshlar parlamentining maqsadlari, tashkiliy tuzilmasi va unga a’zo bo‘lish tartibi haqida tushuntirishlar berilib, yoshlarni siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishga chorlandi.

Muloqot davomida talabalarning Senat faoliyatiga oid savollari tinglandi va ular bilan ochiq fikr almashildi. Yoshlarning Yoshlar parlamenti bilan hamkorlik qilish bo‘yicha takliflari e’tiborga olindi.

02.07.2025, 12:30 271