TDSHUning xalqaro innovatsion haftalikdagi ishtiroki
2024-yil 14–16-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU) prorektori Durbek Sayfullayev boshchiligida universitet vakillari faol ishtirok etdi. TDSHU jamoasi “Rishton, Chust, Yangiqo‘rg‘on va Boysun tumanlari etnoturizm salohiyatini oshirishda lokal atributlardan foydalanish” nomli amaliy loyihasi bilan taqdimot qildi.
Mazkur haftalik turli milliy va xalqaro tashkilotlar, universitetlar, ekspertlar hamda mahalliy jamoalar o‘rtasida samarali hamkorlik platformasiga aylandi.
