Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

O‘zbek-Xitoy madaniy almashinuv tadbiri

2024-yil 18-19 noyabr kunlari TDSHU Xitoyshunoslik Oliy maktabi va  Huanhe texnika instituti bilan birgalikda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlariga bag‘ishlangan madaniy almashinuv tadbiri o‘tkazildi. Bu tadbir xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadamlardan biridir.

Xitoyshunoslik Oliy maktabining o‘qituvchilari va talabalari Xitoyning boy madaniyati bilan chuqurroq tanishish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ldilar. Tadbir doirasida jang san‘ati va Xenan operasi, shuningdek, Xitoy choy marosimi kabi qiziqarli mavzularda ma‘ruzalar tashkil etildi. O‘qituvchilar o‘z bilimlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Bunday madaniy hamkorlik faqatgina bilim almashishni emas, balki do‘stona aloqalarni shakllantirishni ham ta’minlaydi, bu esa kelajakdagi muvaffaqiyatli hamkorlikning garovidir. Tadbir Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “O‘zbek-Xitoy gumanitar almashinuv markazi” va “Birgalikda xitoy tili va Xitoy madaniyatini o‘rganamiz” to‘garagi doirasida dotsent Sultanova Lola rahbarligida tashkil etildi. O‘qituvchilar va ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

02.07.2025, 16:51 493