“Uzbekistan Summer School 2026” yozgi maktabi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tomonidan tashkil etiladigan “Uzbekistan Summer School 2026” xalqaro yozgi maktab dasturiga qabul boshlandi. Ushbu yozgi maktab dasturi davomida ishtirokchilar tilshunoslik, turizm va madaniy almashinuvga bag‘ishlangan boy tajriba orttiradi. Shuningdek mazkur dastur turli xorijiy mamlakatlardan tashrif buyuradigan ishtirokchilarga O‘zbekistonning boy tarixiy merosi, rang-barang madaniyati hamda zamonaviy taraqqiyoti bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratadi. Dastur qiziqarli akademik ma’ruzalar, interaktiv til kurslari, turli xil madaniy seminarlar va ekskursiyalarni o‘z ichiga oladi. Bu esa ishtirokchilarga O‘zbekiston haqida nafaqat nazariy bilim, balki amaliy tajriba ham beradi.
Dastur tafsilotlari
📅 Sana: 2026-yil 3–9-avgust
📍 Joylashuv: Toshkent, O‘zbekiston
⏳ Davomiyligi: 7 kun / 6 tun
Turar joy
Dastur davomida ishtirokchilar universitet tomonidan ta’minlanadigan 3 yulduzli mehmonxonada (nonushta bilan) bepul yashash imkoniga ega bo‘ladi (7 kun / 6 tun).
Dastur to‘lovi
“Uzbekistan Summer School 2026” dasturida ishtirok etish to‘lovi: 595 AQSH dollari
Kimlar ariza topshirishi mumkin
Arizalar quyidagi nomzodlardan qabul qilinadi:
- Xalqaro bakalavr va magistratura talabalari
- Yosh tadqiqotchilar va ilmiy xodimlar
- Markaziy Osiyo tadqiqotlariga qiziqqan shaxslar
- O‘zbek tili, madaniyati va turizmiga qiziqqan barcha ishtirokchilar
Ariza topshirish tartibi
Qiziqqan nomzodlar quyidagi onlayn ariza shaklini to‘ldirishlari kerak:
https://forms.gle/6k8g1bRqmSYBdzqBA
Batafsil ma’lumot olish va ariza topshirish uchun QR kodni skanerlang yoki rasmiy veb-saytga tashrif buyuring.
Uzbekistan Summer school 2026_Program
Aloqa ma’lumotlari
📍 Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 20-uy
📞 +998 93 301 90 45 (WhatsApp / Telegram)
📧 tsuos_international@tsuos.uz
🌐 www.tsuos.uz