Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi vakillarining TDSHUga tashrifi
Xitoy va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligiga 30 yil to‘lishi munosabat bilan, shuningdek, xitoyshunoslik bilan yaqindan tanishish maqsadida, 2022-yil 23-iyun kuni XXRning O‘zbekistondagi elchixonasi Turizm va madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchisi janob Chi Junlin hamda elchixonaning ikkinchi kotibi Wu Mengying xonim TDSHUga tashrif buyurdi.
Elchixona vakillari tomonidan TDSHUning O‘zbekiston Respublikasida xitoyshunoslikni rivojlantirishdagi yetakchi roli ta’kidlab o‘tildi.
Uchrashuvda xitoyshunoslik sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, ikki mamlakat mumtoz adabiyoti tarjimasi sohasida hamkorlikda ish olib borish, ikki davlat universitetlari o‘qituvchilari o‘rtasida almashinuvni davom ettirish, ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston Respublikasi xitoyshunoslarini xalqaro sinologlar markaziga jalb etish kabi takliflar bildirildi.