SPDUga tashrif
2024-yilning 21-sentabr kuni Barqaror Rivojlanish Maqsadlari — 4 (BRM-4) doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU) rektori Gulchehra Rixsiyeva Sankt-Peterburg davlat universitetining Sharq fakulteti rahbariyati bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi so‘nggi islohotlar, shuningdek, TDSHU va SPDU o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari keng muhokama qilindi.
Uchrashuv doirasida tomonlar ilmiy va ta’lim sohasida tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.
Shuningdek, rektor Gulchehra Rixsiyeva Turkologiya kafedrasi talabalariga mo‘ljallangan ma’ruzalar o‘qib, sharqshunoslik sohasidagi so‘nggi rivojlanish yo‘nalishlari, turkiy tillar, xususan, o‘zbek tilini o‘rganish metodikasi va uning zamonaviy ahamiyati haqida chuqur ma’lumot berdi. Ma’ruzalar talabalar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi va ularda savol-javoblar orqali mavzu yanada keng muhokama qilindi.
