Mehribonlik uyiga tashrif
«1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan TDShU Yoshlar Ittifoqi jamoasi savobli va ijtimoiy mas’uliyatli tashabbusni amalga oshirdi.
2024-yil 31-may kuni TDShUning faol talabalaridan iborat Yoshlar Ittifoqi jamoasi #baxtiyor_bolajon chellenji doirasida Yashnobod tumanida joylashgan Mehribonlik uyiga tashrif buyurdi. Ular mehrga muhtoj bolajonlarga nafaqat sovg‘alar va shirinliklar, balki sog‘lom va to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlarini ham ulashdilar.
Ushbu tashrif bolalar salomatligi va baxtiyorligi yo‘lida qilinayotgan amaliy harakat bo‘lib, u BRM 2 – “Ochlikka barham berish” maqsadlariga mos tarzda bolalarning oziqlanish holatini yaxshilashga qaratilgan. Tashkilot a’zolari mehr va e’tibor, to‘g‘ri ovqatlanishning bolalar rivojiga ta’siri haqida suhbatlar o‘tkazib, jamiyatda oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi mas’uliyat hissini oshirishga harakat qilishdi.
TDShU yoshlari tomonidan amalga oshirilgan bu tashabbus, universitetning barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiqligini yana bir bor namoyon etdi.
