Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Ekologiyaga barchamiz mas’ulmiz

2024-yil 31-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining talabalar turar joyida “Ekologiyaga barchamiz mas’ulmiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirga taniqli eko-aktivist, bloger hamda “O‘rik Guli” loyihasi asoschisi Mo’tabar Xushvaqtova taklif etildi.

Mazkur suhbat davomida talabalar ekologik ong, atrof-muhitni asrash va shaxsiy yashash joylarida – xususan talabalar turar joyida – tozalikka amal qilishning dolzarbligi haqida fikr almashdilar. Ularning hayot tarzida ekologik qadriyatlarni mustahkamlash, chiqindilarni kamaytirish va yashil tashabbuslarni ilgari surish kabi masalalar muhokama qilindi.

Bu kabi tashabbuslar yoshlarning ekologik madaniyatini shakllantirish, barqaror jamiyat qurish va kelajak avlod uchun sog‘lom muhit yaratish yo‘lida muhim qadamdir.

02.07.2025, 12:21 245