“Yashil makon” doirasidagi ishlar davom etadi
2024-yil 2-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hududida “Yashil makon” davlat dasturi doirasida daraxt ko‘chatlari ekish tadbiri tashkil etildi. Ushbu ekologik tashabbus atrof-muhitni obodonlashtirish, havo sifatini yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirish orqali aholi, ayniqsa talabalar va xodimlar salomatligini yaxshilashga qaratilgan.
“Yashil makon” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, Yoshlar ittifoqi vakillari hamda xo‘jalik xodimlari faol ishtirok etdilar. Ularning jamoaviy sa’y-harakatlari nafaqat universitet hududini go‘zallashtirdi, balki jismoniy faollik, ruhiy tetiklik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ham xizmat qildi.
