Yoshlar ovozi: Ekologik barqarorlik va ta’lim
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDShU) “Xalqaro munosabatlar” kafedrasining 1-kurs magistranti Komiljon Suyarov va 4-bosqich talabasi Yusufjon Yoqubjonov O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga “Ekologiya va turizm sohasida yoshlarning o‘rni” mavzusida intervyu berdilar. https://youtu.be/bAeDVDMGOwI
Ushbu tashabbus Barqaror rivojlanish maqsadlari – xususan, Maqsad 15: Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash doirasida yoshlarning ekologik xabardorligini oshirish, ularning turizm orqali barqaror taraqqiyotga qo‘shayotgan hissasini yoritish va keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qiladi. Intervyu davomida talabalar ekologik muammolar, yoshlarning bu boradagi faolligi va turizm orqali atrof-muhitni asrash masalalarini muhokama qildilar.
