“Erasmus+ doirasida xalqaro kredit mobilligi: uning ta’lim sifatini oshirish va ilmiy izlanishlardagi o‘rni” mavzusida 3-respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
15-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Erasmus+ doirasida xalqaro kredit mobilligi: uning ta’lim sifatini oshirish va ilmiy izlanishlardagi o‘rni” mavzusida 3-respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiyada Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Eduards Stiprays, Erasmus+ Milliy ofis koordinatori Aziza Abdurahmanova, oliy ta’lim muassasalari talabalari, magistrantlari, doktorantlari, professor-o‘qituvchilari va yosh mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdilar.Konferensiyaning maqsadi oliy ta’lim sohasining ikki tomonlama mobilligini tashkil etish va uning baynalminallashuv jarayonini kuchaytirishda Bolonya jarayonlari tamoyillarini tanishtirishdan iborat.Konferensiya Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Erasmus+ (NEO) Milliy ofisi, Oliy ta’lim sohasi ekspertlar milliy jamoasi (HERE) va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamkorligida tashkil etildi.