Erasmus+ ICM dasturi doirasidagi tanlovning suhbat bosqichi o‘tkazildi
2026-yil 16-mart sanasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Erasmus+ ICM dasturi doirasida Yevropaning yetakchi universitetlarida stajirovka hamda akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etish uchun nomzodlarni saralashga qaratilgan tanlovning suhbat bosqichi bo‘lib o‘tdi.



Mazkur bosqichda tanlovda ishtirok etayotgan barcha nomzodlar — professor-o‘qituvchilar hamda doktorantlar — tanlov komissiyasi tomonidan tinglandi. Suhbat jarayonida nomzodlarning ilmiy-pedagogik faoliyati, kasbiy tajribasi, xalqaro hamkorlik doirasidagi rejalari hamda xorijiy universitetlarda o‘tkaziladigan stajirovka va akademik almashinuv dasturlaridan kutilayotgan natijalar muhokama qilindi.


