Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Erasmus+ ICM doirasida hamkorlik

15.10.2025, 17:01 Yangiliklar 222

2025-yil oktabr oyida TDSHUning bir qator professor-o‘qituvchilari va doktoranti Erasmus+ ICM (xalqaro kredit mobilligi) doirasida Yevropa universitetlariga tashrif buyurdilar. Jumladan, “Sharq falsafasi va germenevtika” kafedrasi mudiri PhD Jasur Sulaymonov Italiyaning Piza universitetida ma’ruza o‘tkazgan bo‘lsa, “Eronshunoslik va afg‘onshunoslik” oliy maktabi o‘qituvchisi PhD O‘g‘iljon Abduvaliyeva va Janubiy Osiyo tillari oliy maktabi doktoranti Shamsiqamar Tilovmurodovalar Vengriyaning Etvosh Lorand universitetiga (ELTE) tashrif buyurdilar.

PhD Jasur Sulaymonov Piza universitetining “Sivilizatsiyalar va bilim turlari” kafedrasida 10-22-oktyabr kunlari bo‘lishi rejalashtirilgan. J.Sulaymonov ushbu vaqt mobaynida kafedra talabalari uchun ma’ruza o‘tishi ko‘zda tutilgan.

PhD O‘g‘iljon Abduvaliyeva xalqaro kredit mobilligi dasturi doirasida “Pashto tiliga kirish (8 soatlik intensiv kurs)” nomli ochiq darsni o‘tkazishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu mashg‘ulot 13–17-oktyabr kunlari ELTE universitetining Eronshunoslik kafedrasi talabalari uchun tashkil etiladi. https://iranianstudies.elte.hu/en/content/introduction-to-pashto-language-8-hours-intensive-course.e.6748

TDSHU doktoranti Shamsiqamar Tilovmurodovaning Erasmus+ ICM doirasidagi xalqaro mobilligi 13-26-oktyabr kunlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.