Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi tashkil topganining 100 yilligi munosabati bilan “Eronshunoslik va afg‘onshunoslikning dolzarb masalalari” nomli ilmiy-amaliy konferensiya

26.04.2018, 11:23 Yangiliklar 2949

Joriy yilning 24-aprel sanasida Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi tashkil topganining 100 yilligi munosabati bilan “Eronshunoslik va afg‘onshunoslikning dolzarb masalalari” nomli ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Mazkur konferensiyaning yalpi majlisida ToshDSHI rektori professor A. Mannonov, O‘zbekiston Respublikasidagi Eron Islom Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi vakili Bahman Og‘oraziy Dormoniy va elchixonaning madaniyat ishlari bo‘yicha mas’ul vakili Muhsin Purmuhsiniy, Afg‘oniston Islom Respublikasining Toshkent shahridagi elchixona maslahatchisi Abdulahad Xoliqyor hamda institutning faxriy professor-o‘qituvchilari, shuningdek, 100 ga yaqin talabalar ishtirok etdi.

Tadbirni institut rektori A. Mannonov o‘zining kirish so‘zi bilan ochib berdi. Konferensiyani professor A. Quronbekov “Eron-afg‘on filologiyasining 100 yilligi: o‘tmishi, hoziri va kelajagi” mavzuidagi ma’ruzasi bilan davom ettirdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasidagi Eron Islom Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi vakili Bahman Og‘oraziy Dormoniy va elchixonaning madaniyat ishlari bo‘yicha mas’ul vakili Muhsin Purmuhsiniy, Afg‘oniston Islom Respublikasining Toshkent shahridagi elchixona maslahatchisi Abdulahad Xoliqyorlar o‘z tabrik nutqlari bilan davom ettirdilar.

So‘ng konferensiya “Tilshunoslik va metodika” hamda “Adabiyotshunoslik, tarixshunoslik, siyosatshunoslik” kabi sho‘balarga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirdi.

Konferensiya materiallari “Sharq mash’ali” ilmiy jurnalining maxsus sonida nashr qilindi.

photo_2018-04-26_11-22-15 photo_2018-04-26_11-22-17 photo_2018-04-26_11-22-20