ERONSHUNOSLIK VA AFG‘ONSHUNOSLIK ILMIY-TADQIQOT MARKAZI
Markaz direktori | ALIMOVA XOLIDA ZIKRILLAYEVNA | |
Qabul vaqti: | Dushanba-Juma 10:00-16:00 | |
Tel: | +998 97 765 98 60 | |
e-mail: | xolidaxon66@mail.ru |
Markazning vazifalari
- Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Eron, shuningdek, Afg‘oniston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va fors, dariy hamda pashtu tillarini har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish, Oʻzbekiston va Eron, Afg‘oniston hamda Tojikistonning oʻzaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish nuqtayi nazaridan oʻrganish;
– Eronshunoslik yoʻnalishida ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash hamda mahalliy va eronlik hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, xususan, ilmiy loyihalar, dissertatsiyalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar tayyorlash;
– Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi eroniy tilli jamiyatlarning til vaziyati, fors / dariy / pashtu va o‘zbek tillarini qiyosiy oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda uning natijalarini taʼlim jarayoniga tatbiq etish;
– Dunyo eronshunoslik markazlari va Eron Islom Respublikasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatinining tahlili asosida universitet bakalavrlik va magistrlik oʻquv rejalaridagi til, adabiyot, tarix, iqtisodiyot va siyosatshunoslik bilan bogʻliq kurslar oʻquv dasturlarining mazmun-mohiyatiga zamon ruhi singdirilgan tavsiyalar ishlab chiqish;
– Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi eroniyzabon xalqlar madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosatiga oid asarlarni o‘zbek tiliga va aksincha, O‘zbekiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosatiga oid asarlarni fors, dariy, pashtu tillariga tarjima va nashr qilish orqali mamlakatlar qadriyatlari va milliy madaniy merosini dunyoga tanitish;
– Eronshunoslik va afg‘onshunoslikning rivoji, taraqqiyoti va istiqboli boʻyicha xorijiy hamkor OTMlari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari oʻtkazish;
– Ilmiy seminarlar, vebinarlar, davra suhbatlari va turli ilmiy anjumanlar tashkil etish orqali oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;
– Markaz ilmiy-tadqiqot natijalarini muntazam ravishda yoritib borish uchun “Eronshunoslik va afg‘onshunoslik” oliy maktabining ilmiy jurnalini nashr etish, shuningdek, markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallar va soha boʻyicha erishilgan ilmiy natijalarni respublika va Eron hamda Afg‘oniston nashrlarida muntazam chop etib borish;
– Respublikada ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun markaz qoshida “Ilmiy ish yozish asoslari” kurslarini tashkil etish;
– Markaz ishiga yurtimiz va dunyo eronshunoslik markazlari, Eron hamda Afg‘onistondan yetakchi olimlarni jalb qilish;
– Eron va Afg‘oniston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati hamda eroniy tillarni tadqiq va tahlil eta oladigan sharqshunos mutaxassislarning yangi avlodini shakllantirishda faol ishtirok etish;
– Iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda startap, innovatsion loyihalar ishlab chiqish, dunyo eronshunoslik markazlari va Eron Islom Respublikasining yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari va OTMlari bilan hamkorlikda ilmiy seminarlar va loyihalar taqdimotlarini oʻtkazish;
– Universitetda eronshunoslik / afg‘onshunoslik yoʻnalishida bajariladigan tadqiqot ishlarini oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilish va ijrosini taʼminlash.
- Markaz unga yuklatilgan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
– Universitet ilmiy tadqiqot ishlari hamda markazning ish rejasidan kelib chiqib, tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
– Eronshunoslik va afg‘onshunoslikning dolzarb masalalari boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil etadi;
– Universitetning va Markazning tasdiqlangan rejasi asosida tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun tahliliy maqolalar, tahliliy maʼruzalar tayyorlaydi;
– Xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda oʻquv kurslarini, oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda ishtirok etadi;
– Universitet maqsadi va vazifalariga zid kelmaydigan boshqa tahliliy loyihalarda ishtirok etadi;
– Markaz ishini tashkil etishga universitet professor-oʻqituvchilari, talabalari, tadqiqotchilari, magistrlarini, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining xodimlari, tahliliy markazlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, xorijiy davlatlarning mutaxassislarini jalb etadi;
– Eron va Afg‘oniston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va eroniy tillar boʻyicha amalga oshiriladigan bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari va turli ilmiy tadqiqotlar, tahliliy loyihalarni kafedralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtiradi;
– Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi eroniy tilli madaniyatlar, xalqlarning tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va eroniy tillar boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tatbiq etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
– Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi eroniy tilli madaniyatlar, xalqlarning tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va eroniy tillarni chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish orqali Oʻzbekiston va Eron, Afg‘oniston hamda Tojikiston davlatlarining oʻzaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shadi;
– Eronshunoslik va afg‘onshunoslikning turli yoʻnalishlari va dolzarb masalalari boʻyicha materiallar tayyorlaydi.