Germaniyaning Gottingen univesiteti professori Eva Ortmanning TDSHU ga tashrif buyurdi
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2022/06/IMG_6859-1024x683.jpg)
2022-yil, 1-iyun kuni, Germaniyaning Gottingen univesiteti, Eronshunoslik kafedrasi mudiri, professor Eva Ortman Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ikki universitet o’rtasida hamkorlik aloqalarini, Erasmus+ dasturidagi Credit Mobility loyihasida talaba va o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yish bo’yicha amalga oshiriladigan vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, TDShU tomonidan hamkorlik bo’yicha universitetlar o’rtasida anglashuv memorandumini imzolash taklifi bildirildi.