Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

19.12.2018, 13:21 Yangiliklar 3183

2018-yilning 19-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori I.Bekmuratov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi bosh mutaxassisi Jalolov Xotam G‘ulomjonovich hamda institut prorektorlari, fakultet dekanlari va ularning muovinlari, 20 nafar professor-o‘qituvchilar hamda 400 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda qatnashchilarga giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari haqida daliliy misollar keltirib o‘tilib, giyohvand moddalarni bir marotaba iste’mol qilib ko‘rgan odam uni qayta-qayta iste’mol qilishga urunishi va buning oqibatida inson umri zavolga yuz tutishini takidlab o‘tishdi. Davra suhbatida “Intiho” nomli videorolik namoyish etildi va bu talaba yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Qizg‘in suhbatdan so‘ng ma’ruzachiga minnatdorchilik bildirilib, bu kabi davra suhbatlarini tez-tez o‘tkazish foydadan xoli bo‘lmasligini ta’kidlandi.

photo_2018-12-19_13-09-48  photo_2018-12-19_13-10-54  photo_2018-12-19_13-10-58  photo_2018-12-19_13-11-07  photo_2018-12-19_13-11-13  photo_2018-12-19_13-11-21

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi