Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Global hamkorlik yoshlar nigohida

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti G‘arb tillari kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi Odilova Nozima Nizomiddinovna tomonidan Yapon filologiyasi yo‘nalishida tahsil olayotgan 1-kurs yapon–ingliz guruhi talabalari bilan BMTning 17 ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlari doirasida BRM 17 – Maqsadga erishish yo‘lida hamkorlik mavzusiga bag‘ishlangan ochiq dars o‘tkazildi.

Bundan tashqari, ingliz tili fani katta-o’qituvchisi Sapayeva Sohiba Turizm yo’nalishi 1-kurs turk-ingliz guruhi talabalari bilan BMTning 17ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlari doirasida BRM-15 “Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash” va BRM-16 “Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv» masalalariga bag’ishlangan ochiq dars o’tkazdi.

Darslar davomida talabalar turli mamlakatlar o‘rtasidagi global hamkorlik, xalqaro tashkilotlar roli, moliyaviy va texnik yordam mexanizmlari, shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqlim o‘zgarishi va raqamli transformatsiya kabi sohalarda sheriklik aloqalarini rivojlantirishning dolzarbligi haqida chuqur tahliliy muhokama olib bordilar.

Interaktiv tarzda tashkil etilgan darslarda talabalar jamoalarga bo‘lingan holda turli mamlakatlar misolida barqaror rivojlanishga erishishdagi xalqaro hamkorlik modellarini taqdim etdilar. Ular o‘z taqdimotlarida O‘zbekistonning ham xorijiy davlatlar bilan BRM yo‘nalishlarida olib borayotgan tashabbuslari va ularga yoshlarning qo‘shilishi muhimligini ta’kidladilar.

26.06.2025, 10:20 322