Tokio chet tillari universitetida TDSHUning “O‘zbek tili va madaniyati markazi” tashkil etildi.
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan O‘zbekiston va Yaponiya rektorlarining IV forumi bo’lib o’tdi. Forum doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva, Tokio xorijshunoslik universiteti rektori Kayoko Hayashi o’rtasida hamkorlik masalalari, talabalar almashinuvi kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.
