Hamkorlik memorandumi
10 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish yuzasidan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuv davomida ta’lim muassalari rahbarlari ilmiy va o’quv sohalarida, shuningdek xorijiy tillarni o‘rganish sohasini yanada rivojlantirish maqsadida zamon talablariga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash, xorijiy tillarni ommalashtirish va ilmiy tadqiqotlar sohasiga qaratilgan hamkorlik tadbirlarini amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida ikki oliy ta’lim muasassi o’rtasida HAMKORLIK MEMORANDUMI imzolandi.