Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Hankuk chet tillar universiteti talabalari uchun TDSHUda yozgi maktab doirasida O’zbek tili va tarixi bo’yicha mashgʻulotlar amalga oshirilmoqda

15.07.2025, 14:23 Yangiliklar 733

Janubiy Koreyaning Hankuk chet tillar universiteti Markaziy Osiyo kafedrasi talabalariga universitetimizda tashkil etilgan yozgi maktab doirasida 1-iyuldan boshlab Turkshunoslik Oliy maktabi stajyor-oʻqituvchisi Nurjahon Abdullayeva tomonidan oʻzbek tili fanidan dars mashgʻulotlari olib borilmoqda. Joriy yilning 11-iyul sanasida ular ustozlari hamrohligida Temuriylar tarixi davlat muzeyida boʻlishdi.