Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Har kunimiz Navro’z bo’lsin!

28.03.2017, 17:05 Yangiliklar 6590

Yurtimiz bo‘ylab Navro’z ayyomi tadbirlari davom etmoqda. Navro’z – tabiatni yangilaydi, yoshartiradi. Uning udumlari esa inson ruhiyatini poklaydi. Bu bayram butun borliqni uyg’otgani kabi inson ko’ngliga quvonch bag’ishlaydi, hayotga, yashashga ruhlantiradi. Shuning uchun ham xalqimiz Navro’zni azaldan ommaviy sayil, uyg’onish fasli sifatida keng nishonlab keladi. Kuni kecha Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Har kunimiz Navro’z bo’lsin!“ shiori ostida katta bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Institut binosi bahoriy bayram – Navro’zga monand  bezatilgan. Fakultet kafedralari tomonidan bayram dasturxoni turli xil taomlar bilan bezatilgan. Navro’z bayrami an’anaga muvofiq qadim urf-odatlarimizni tarannum etuvchi karnay-surnay sadosi bilan boshlandi. Bayram tadbirini institut rektori A.Mannonov ochib, barchani Navro’zi olam bilan qutladi. Shundan so’ng talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar hamda kuy-qo’shiqlar  yig’ilganlarga ko’tarinki ruh bag’ishladi. Ayniqsa, institutda ta’lim olayotgan xorijlik talabalarning  o’zbek milliy kiyimida, milliy cholg’u asboblarimiz bilan ijro etgan qo’shiqlari va yapon qizlarining  uncha-muncha o’zbek qizlarini dog`da qoldiradigan raqslari barchaga birdek manzur bo‘ldi. Tadbirda institutning professor-o’qituvchilari, madaniyat xodimlari va san’atkorlar va talabalari ishtirok etishdi. Tadbir davomida institutda  Navro’zga bag`ishlab o’tkazilgan  sport musobaqalari g`oliblari institut kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho sovg’alar va faxriy yorliqlar bilan mukofotlandilar.

So‘ng professor-o’qituvchilar hamda tashrif  buyurgan mehmonlar e’tiboriga milliy taomlarimiz ko’rgazmasi taqdim etilib, ular osh, sumalak kabi bahoriy bayramona dasturxonga taklif etildi. Mamlakatimizda bir yuz o’ttizdan ortiq millat va elat vakillari yagona va axil oila farzandlaridek yashab, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo’shmoqda. Ular milliy urf-odatlar, an’ana va qadriyatlarni asrab-avaylab, bayramlarni birgalikda nishonlashadi. Navro’z yurtimizda istiqomat qilayotgan millati, tili, dinidan qat’i nazar, barcha vatandoshlarimizning ongu shuuriga singib ketgan go’zal bayramdir.

Navro’z chin ma’noda Toshent davlat sharqshunoslik  instituti uchun qo’shaloq tantana bo’ldi. Sababi aynan bundan 25 yil avval davlatimiz rahbarining qarorlari bilan Toshkent davlat shaqshunoslik instituti  tashkil etilgan edi. Mana, oradan  chorak asr o‘tdi. Bu qisqa muddat ichida institutda ko‘plab sharqshunos-olimlar taxsil olib, turli xil jabhalarda faoliyat yuritib kelmoqdalar.

Shu kunning o‘zida institutning talabalar turar joyida ham Navro’z bayrami tantanalari davom etib, doshqozonda sumalak qaynatildi. Milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi. Bayram ko‘taringki ruhda bo‘lib, barchada katta taassurot qoldirdi.

IMG_1681 IMG_1836 IMG_1841 IMG_1869 IMG_1900 IMG_1959 IMG_2034 IMG_2061 IMG_2081 IMG_2111 IMG_2136 IMG_2162