Hindistonning Mumbai universiteti vakili TDSHU talabalariga ma’ruza o’qidi
2025-yil 3-noyabr kuni Hindistonning Mumbai universiteti o‘qituvchisi Manish Kumar Mishra tomonidan Filologiya yo‘nalishi 2-kurs hind–ingliz guruhi hamda Turizm yo‘nalishi 2-kurs hind–ingliz guruhi talabalari uchun ma’ruza o‘tkazildi.
Ma’ruzada Hindiston va O‘zbekiston madaniyatlari o‘rtasidagi o‘xshashliklar, shuningdek, hind tilini o‘rganish jarayonidagi muammolarni bartaraf etish yo‘llari haqida so‘z yuritildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

