Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

«Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish masalasi – davr talabi»

02.06.2018, 09:38 Yangiliklar 3336

Joriy yilning 31-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Talabalar turar joyida “Payshanba – profilaktika kuni” munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish masalasi – davr talabi» mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Mirzo-Ulug‘bek tumani IIB kapitani Aliev Qurbon Zokirjonovich, leytenant Alimov Jasur Salimovich, “Oliy himmat” mahalla fuqarolar yig‘ini posboni Sharipov Umid Baxrom o‘g‘li, TTJ mudiri Tursunov Sarvar, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Odil Salaev, TTJ yoshlar ittifoqi kengashi sardori Salimov Samandar, TTJ pedagog-tarbiyachisi Qodirov Rustam va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.
Yoshlar va voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning mukammal qonunchilik bazasi shakllantirilganligi huquq-tartibotni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishishda muhim omil bo‘layotir.
Shuningdek, kapitani Q.Z.Aliev O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2018-yil 14-fevraldagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-3528-sonli qarorida belgilangan vazifalar bo‘yicha Toshkent shahrida xususan Mirzo-Ulug‘bek tumanida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
2017-2018-o‘quv yili yakunlanayotganligi munosabati bilan leytenant J.S.Alimov talaba-yoshlarni yozgi ta’til davrida foydali ishlar bilan shug‘ullanishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli ya’ni biron-bir hunar yoki to‘garaklariga sarflashini, noxush xolatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ishlardan yiroq bo‘lishlari hamda doimo ogoh bo‘lishlari haqida tegishli maslahat va ko‘rsatmalarni berdi.
Tadbirda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, turli sohalarda ko‘lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlar zamirida jamiyatning muhim bo‘g‘ini hisoblangan yoshlarning ulkan hissasi borligi alohida qayd etildi.
Davra suhbati davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

photo_2018-06-04_22-42-29 photo_2018-06-04_22-42-30

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi.