Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Ibrat farzandlari endi TDSHUda

02.04.2026, 15:03 Yangiliklar 71

Ibrat farzandlari loyihasi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida markaz ochildi. Mazkur markaz talaba-yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi, zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni egallashi hamda turli ta’limiy va innovatsion loyihalarda faol ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Tadbirda TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva hamda loyiha rahbari Rustam Qoriyev markaz faoliyati, uning maqsad va vazifalari haqida so‘z yuritdi.

Markazda xorijiy tillarni o‘qitish, seminarlar va mahorat darslarini tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, ushbu markaz talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.