Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ijtimoiy muhofaza va moddiy yordam ko‘rsatish

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida universitet xodimlarini har tomonlama moddiy va ma’naviy tomondan rag‘batlantirish ishlari amalga oshiriladi.

Xususan, 2023-yilda ijtimoiy muhofaza va moddiy yordam ko‘rsatish doirasida universitet kasaba uyushmasi rayosati qarori va tavsiyasiga binoan universitet ma’muriyati tomonidan 102 nafar professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlarga oilaviy sharoiti, to‘y va ma’rakalar o‘tkazishlari, sog‘liqlarini tiklash va dori-darmon xarid qilishlari uchun jami  339 090 000 so‘m miqdorida budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moddiy yordam ajratildi.

Bundan tashqari, og‘ir oilaviy sharoiti, ota-onasining vafot etganligi, kam ta’minlanganligi, nogironligi sababli hamda shartnoma to‘lovini to‘lashlari uchun jami 18 nafar talabaga 62 778 320 so‘m miqdorda budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moddiy yordam ajratildi.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi ijtimoiy imtiyoz va kafolatlar bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlar ijrosini ta’minlash yuzasidan, universitetda faoliyat olib borayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va ko‘p sonli oila a’zolari bo‘lgan kasaba uyushma a’zolariga moddiy yordam ko‘rsatdi. Universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi rayosati qaroriga binoan, 2023-yilda kasaba uyushmasi qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan 135 nafar o‘qituvchilar, ishchi-xodimlarga 62 100 000 so‘m miqdorida moddiy yordam ajratildi.

Jamoa shartnomasining “Ijtimoiy sug‘urta: Ijtimoiy imtiyoz va kafolatlar” deb nomlangan 9-bobida belgilangan moddalarga muvofiq:

  • ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar bo‘yicha ro‘yhatda turuvchi xodimlarga ularning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan davri (umumiy ish staji)ga qarab – ish haqining 60 dan 100 foizigacha;
  • homiladorlik va tug‘ish ta’tili bo‘yicha vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqalari bo‘yicha xodimning universitetdagi ish stajiga qarab – ish haqining 50, 75 va 100 foizigacha;
  • boshqa hollarda, xodimning umumiy ish stajiga qarab – ish haqining 60 dan 80 foizigacha to‘lovlar amalga oshirildi.

03.07.2024, 15:02 280