Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari ziyorati
Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-aprelidagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahrimizda istiqomat qilayotgan Ikkinchi Jahon urushi ishtirokchilari xonadonlariga borib, ularni ziyorat qildilar. Institut rektori A.Mannonov rahbarligida prorektorlar, professor-o‘qituvchilar va “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti vakillari shahrimizning Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari A.P.Sharifov va R.G.Bashirov xonadonlariga tashrif buyurib, ularni umumxalq bayrami 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” bilan institut jamoasi nomidan tabrikladilar. Faxriylar Ikkinchi Jahon urushining suronli kunlari haqida so‘zlab, hozirgi tinchligimizga shukronalar aytib duolar qilishdi.