Ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida: Oltoy davlat universiteti delegatsiyasining TDSHUga tashrifi
2026-yil 26-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga “Katta Oltoy” oltoyshunoslik va turkshunoslik ilmiy-taʼlim markazi direktori Lysenko Yuliya Aleksandrovna boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuv doirasida Rossiya Federatsiyasining Oltoy davlat universiteti vakillari bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, bir qator muhim hamkorlik takliflari ilgari surildi:
1. TDSHU turkologlarini Oltoy davlat universitetiga akademik almashinuv dasturlari asosida yuborish;
2. Talabalar va yosh tadqiqotchilarni yozgi maktablarga jalb etish;
3. Turkologiya yo‘nalishida qo‘shma ilmiy tadqiqot va loyihalarni amalga oshirish;
4. Oltoy Respublikasi hududidagi tarixiy turkiy manzilgohlarni birgalikda o‘rganish;
5. Ilmiy konferensiyalar, seminar va davra suhbatlarini hamkorlikda tashkil etish hamda o‘zaro ishtirokni kengaytirish.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama turkologiya yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, xususan, Oltoy Respublikasi hududidagi tarixiy turkiy manzilgohlarni o‘rganish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, TDSHU turkologlarini Oltoy davlat universitetiga almashinuv dasturlari va yozgi maktablarga yuborish hamda turkologiyaga oid yo‘nalishlarda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi..
Delegatsiya vakillari universitet rektori Sergey Nikolayevichning samimiy salomini yetkazib, o‘zbekistonlik talabalarni Oltoyda tahsil olishga jalb etish tashabbusini ilgari surdilar.
Uchrashuvda qator yoʻnalishlar boʻyicha aniq kelishuvlarga erishildi.
Xususan:
– TDSHUda tashkil etilayotgan dasturga Oltoy davlat universiteti talabalarini jalb etish boʻyicha kelishuvga erishildi
– ikki universitet oʻrtasida talabalar almashinuvi dasturini yoʻlga qoʻyish belgilandi
• ODUda amalga oshirilayotgan loyiha doirasidagi kitoblarning III jildini hammualliflikda nashr qilish, shuningdek avvalgi jildlarni oʻzbek tiliga tarjima qilishga kelishildi
TDSHUda oʻtkaziladigan xalqaro anjumanlarga Oltoy davlat universitetini rasmiy hamkor sifatida jalb etish tasdiqlandi
“Katta Oltoy” doirasida amaliy hamkorlik
— TDSHU professor-oʻqituvchilarini ekspert sifatida jalb qilish
— TDSHU talabalari uchun bepul yozgi ekspeditsiyalarni tashkil etish
TDSHUda olib borilayotgan turkshunoslik tadqiqotlarini muntazam ravishda Oltoy davlat universiteti va “Katta Oltoy” platformasida yoritib borish
“Katta Oltoy” loyihasi doirasidagi ishlanmalarni oʻzbek tiliga tarjima qilish va keng targʻib etish
Mazkur uchrashuv TDSHU va Oltoy davlat universiteti oʻrtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.


