Ilmiy-ma’rifiy tadbirlar rejasi yuzasidan onlayn yig‘ilish
2026-yil 23-fevral kuni Turkiy davlatlar tashkiloti va oliy ta’lim muassasalari ishtirokida 2026-yil uchun ilmiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tadbirlar rejasi muhokamasiga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro konferensiyalar, forumlar hamda ilmiy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, 2026-yil davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan anjumanlar, seminar-treninglar va loyihalarning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi hamda ularni samarali amalga oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
