Ilmiy tadqiqot olib borish yuzasidan talabalar uchun seminar-trening
5-oktabr kuni Eron-afg’on filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi M.Qalandarov kafedra talabalariga ToshDSHIda olib borilayotgan ilmiy-innovatsion, fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda ularning natijalari, xorijiy ilmiy jurnallar (Impact factor) va ularda maqolalar nashr etish masalalari yuzasidan seminar-trening o’tib berdi. Talabalarda ilmiy tadqiqot olib borishga qiziqish uyg’otish maqsadida “Ustoz-shogird” tizimida ish yuritish yuksak natija berishini ta’kidlab o’tdi.