ILMIY TADQIQOTLAR VA INNOVATSIYALAR BOSHQARMASI
Boshqarma boshlig‘i: | KARIMOV NODIR RAXMONQULOVICH | |
Qabul vaqti: | Ish kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha | |
Tel: | +998976929898 | |
e-mail: | nodir_karimov@tsuos.uz |
ILMIY TADQIQOTLAR VA INNOVATSIYALAR BOSHQARMASINING ASOSIY VAZIFALARI:
Universitet professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorant, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchilar, stajor-tadqiqotchi tarkibining ilmiy faoliyatini monitoringini olib borish.
- Ilmiy loyihalarini rejalashtirish, ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish.
- Ilmiy va pedagog xodimlar tayyorlashning yillik ish rejasi va ularning bajarilishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yordamida nazorat qilinib turilishini taʼminlash.
- Professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorant, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchilar, stajor-tadqiqotchi va talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb qilish yoʻli bilan oʻquv jarayonini ilmiy-tadqiqotlar bilan aloqasini taʼminlashga koʻmaklashish.
- Rejalashtirilgan ilmiy ishlarning bajarish boʻyicha universitet fakultet va kafedralari yillik hisobotini nazorat qilish.
- Universitetning Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar boshqarmasi bitimlarga muvofiq qoʻshma ilmiy-tadqiqotlar va hamkorlikda konferensiya, anjumanlarni oʻtkazish va ilmiy adabiyotni nashr etish uchun boshqa oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan oʻzaro axborot almashuvi va foydalanishni taʼminlab berish.
- Konferensiya, simpozium, seminar va kengashlarni oʻtkazishni rejalashtiradi va ilmiy toʻplamlar, ilmiy konferensiya, simpozium, seminar kengash va anjumanlarni materiallarni nashr etishga koʻmaklashadi.
- Tayanch doktorantura va doktorantura tizimiga qabul uyushtirish.
- Tayanch doktorantura va doktorantura tizimiga qabul qilinganlarning ilmiy mavzulari hamda ilmiy rahbarlarini Kengashda tasdiqlash.
- Tayanch doktorantura tizimiga qabul qilish va malakaviy imtihonlarini qabul qilish boʻyicha hayʼat aʼzolarini belgilash.
- Har yili belgilangan muddatlarda stajyor-tadqiqotchi, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish.
- “Yosh olimlar” kengashida yosh professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorant, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchilar, stajor-tadqiqotchi va iqtidorli talabalarga ilmiy anjumanlar oʻtkazishni tashkil etish va bu anjumanlarda ularning faol ishtirok etishlarini nazorat qilish.