Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Improving English for special in Higher Education” loyihasi

12.11.2021, 17:45 Yangiliklar 1783

2021-yilning 9-11-noyabr kunlari Britaniya Kengashining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan Going Global Partnership (Oliy ta’lim sohasida islohotlar) dasturi doirasida qator vebinarlar o‘tkazildi. Mazkur vebinarlarda 2021/2022-o‘quv yili davomida rejalashtirilgan onlayn vebinarlar bo‘yicha respublika OTMlarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan “Change Academy” dasturida TDSHUning “Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi” (N.Imamova) hamda “G‘arbiy tillar” kafedrasi (K.Rahmanberdiyeva, M.Nasretdinova, I.Jalolova, P.Joldasbayeva) bilan birgalikda tuzilgan “TSUOS” jamoasi “Improving English for special in Higher Education” nomli loyiha bilan mazkur vebinarlarda qatnashdi. Vebinarlar davom etishi mo‘ljallanmoqda.

1

Eslatib o‘tamiz, Britaniya Kengashining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan e’lon qilingan “Change Academy” dasturida 2021/2022-o‘quv yilida ishtirok etish uchun topshirilgan arizalar ichidan saralab olingan 12 ta OTM ichida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ham o‘z loyihasi bilan qatnashib saralab olingan edi.

TDSHU Matbuot xizmati