Inklyuziv ta’lim maqsadlariga bag‘ishlangan xalqaro seminar-trening
2026-yil 5-mart kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida “Overcoming Barriers to Inclusive University Goals in Uzbekistan” (O‘zbekistonda inklyuziv universitet maqsadlariga erishish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish) mavzusida ilmiy-amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir British Council’ning “Disability Inclusion Partnerships” xalqaro loyihasi doirasida tashkil etildi. Ushbu loyihada Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ham hamkor universitet sifatida ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti G‘arb tillari kafedrasi mudiri, dotsent Saodat Saidakbarova hamda professor-o‘qituvchilar Nodir Murodiloyev, Shaxnoza Safoyeva hamda ingliz tili yo‘nalishi magistranti Nigora Rozziqova ham ishtirok etdi.
Seminar-trening davomida inklyuziv ta’limni rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalarida teng imkoniyatlarni ta’minlash hamda Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) doirasida sifatli va inklyuziv ta’limni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan professorlar tomonidan olib borildi hamda xalqaro tajribalar asosida amaliy tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbir oliy ta’lim tizimida inklyuziv muhitni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

